Davlat OTMlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirildi. O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr etib belgilandi.
Oliy ta’lim vazirligi talabalarga $115 mln qiymatidagi 18 ming o‘rinli 17 ta yotoqxona qurishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini maslahatchi sifatida jalb qilmoqda. Bank turar-joylarni qurish uchun investorlarni topishda yordam beradi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingini e’lon qildi. O‘tgan yilgi kabi «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» MTU 1-o‘rinni egalladi. Qolaversa, bu yil ilk bor litseylar reytingi ham e’lon qilindi.
«Gazeta.uz» yangi o‘quv yilining ilk kunida «Talabalar shaharchasi» dan fotoreportaj tayyorladi. Suhbat chog‘ida talabalar va ularning ota-onalari birinchi kundanoq nohush kayfiyat va chorasizlikdan boshlangani, oliygoh yotoqxonasiga joylashishdagi qiyinchiliklar va ijaraga uy olish qimmatga tushishini aytishmoqda.
Magistraturaga qabul uchun topshirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtalashtirilgan, deya tanqid qildi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov. U mas’ullarga qabul yakunida sertifikatlarni yana bir bor tekshirish, soxta hujjatlar topshirganlarni esa o‘qishdan chetlatish yuzasidan ko‘rsatma berdi.
O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.
Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qariyb 41 foizi yotoqxona bilan ta’minlanganini ma’lum qildi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil qilgan. 2 qavatli karavotlar, turar joylarni optimallashtirish, yangi yotoqxonalar hisobiga o‘rinlar soni ko‘paytirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni test-sinovlarisiz, to‘lovlarsiz va soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumot tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari imzosi tushirilgan xat va undagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emasligi ma’lum qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’limda fidokorona mehnat qilayotgan, tashabbuskor, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolarni 2 turdagi ko‘krak nishon bilan taqdirlash taklifi ilgari surildi. Mukofotlar 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bayrami arafasida topshirish rejalashtirilmoqda. G‘oliblarga nishon bilan birga BHMning 4 baravarigacha pul mukofoti ham berish ko‘zda tutilgan.
2021-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi 302 ta ta’lim muassasacida 16,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolarga yo‘l qo‘yilgan. 12 ta ta’lim muassasasidagi 2,7 mlrd so‘mlik kamchiliklarda esa jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlanib, huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga yuborilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 7 fevraldan 24 fevralga qadar bosqichma-bosqich ana’naviy shaklga o‘tkaziladi. Bu davr ichida darslar ham onlayn ham oflayn shaklda olib boriladi. OTMlar imkoniyatidan kelib chiqib, alohida reja-grafik asosida oflayn shaklga o‘tadi, bu haqda ular o‘zining rasmiy sayti orqali xabar beradi.
OTM, kollej va akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishqi ta’til 24 yanvargacha uzaytirildi. Avia va temir yo‘l chiptalariga 50 foizlik chegirma muddati ham uzaytiriladi, xarid qilingan chiptalar esa bepul tarzda boshqa sanaga almashtirib beriladi.
1-yanvardan 35 ta davlat oliy ta’lim muassasiga moliyaviy mustaqillik beriladi. Endi ushbu muassasalar to‘lov-kontrakt miqdori va muddatini, mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilish hamda o‘z hisobidan talabalarga stipendiya va grantlar ajratishni mustaqil belgilaydi. 2023 yildan esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ushbu ro‘yxatni kengaytirish huquqi beriladi.
OTM bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazishning so‘nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting